«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 28 dekabr, №163) sonida o‘qing

22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi. Samarqand viloyatidan saylangan deputatlar bilan gazetamizning ushbu sonida tanishishingiz mumkin.

Faqat 3 ta saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘play olmagan. Shu bois 2020 yilning 5 yanvar - yakshanba kuni 56-Registon, 57-Sug‘diyona, 67-Past Darg‘om saylov okruglarida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

***

Mardikor bozori. Bu yerga hamma ish qidirib keladimi yoki boshqa maqsadni ko‘zlab?.. Ular o‘rtacha bir oyda qancha mablag‘ topadi? Ishini qildirib, keyin pulini bermaydigan «ish beruvchi»lar ham bormi? Bu paytda mardikor qanday yo‘l tutadi? Kimga murojaat qiladi?

***

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida respublikamiz hududida 31 dekabr kuni yog‘ingarchilik 4-5 yilda bir marotaba, 1 yanvar kunlari esa 2-3 yilda bir marotaba kuzatilgan. Meteorologik kuzatuvlar tarixida eng sovuq Yangi yil oqshomi 1889 yilda kuzatilgan. Harorat o‘shanda 28 daraja, 1991 yilning 1 yanvarida esa 13 daraja sovuq bo‘lgan.

Keyingi o‘n besh yildagi zavqli Yangi yil 2007 yilning birinchi kuni kechgan. O‘shanda kuni bilan qor yoqqan. Xo‘sh, kirib kelayotgan Yangi yilda qor yog‘adimi?