«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 31 dekabr, №164) sonida o‘qing
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2019 yilda viloyatda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi haqida «Zarafshon» gazetasi muxbiri bilan suhbatlashdi. Unda hokim 2019 yil viloyat hayotidagi eng muhim besh yangilikni sanab o‘tdi. Xo‘sh, ular qaysilar?
***
Toyloqlik 96 oila Yangi yilni yangi uyda kutib oladigan bo‘ldi. Chunki, Yangi yil bayrami arafasida tumandagi Charog‘bon mahallasida 4 ta to‘rt qavatli uy foydalanishga topshirildi. Muhimi, yangi uyga ko‘chib o‘tgan 20 nafar og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarga uylarning boshlang‘ich to‘lovlari Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi fond tomonidan to‘lab berildi.
***
2019 yilda 33 ta davlat, 47 ta davlat xususiy-sheriklik asosidagi, 35 ta nodavlat va 892 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, qamrov 50 foizdan oshirildi. Xo‘sh, bu kammi, ko‘pmi? Viloyatda bog‘cha-opalar, tarbiyachi-mutaxassislar yetarlimi?