«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 11 yanvar, №4) sonida o‘qing
Viloyatimizda chiqindi tashib chiqarish asosan «Maroqand obod» hamda «Toza hudud» davlat unitar korxonalariga yuklatilgan. Xo‘sh, ularning faoliyatidan mijozlar - aholi, korxona-tashkilot, idoralar xodimlari qoniqyaptimi? Chiqindilarni vaqtida olib chiqish uchun maxsus texnikalar yetarlimi? Tizimda nima muammolar bor? To‘lov tizimini zamonaviylashtirish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilyapti? Chiqindini olib chiqishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni undirishda kamchiliklar yo‘qmi?
***
Odamlar orasida tadbirkorga xalq dardini tushunuvchi, el yukini yengillatuvchi, yurt farovonligiga hissa qo‘shuvchi inson sifatida qaraladi. Lekin Bulung‘ur tumanidagi el xizmatiga bel bog‘lagan, odamlar havas qiladigan ayrim tadbirkorlar nega yillar davomida adovatlashib yuribdi? Aslida ular “Davlat senga ishonch bildirdi, yer berdi, mulkdor bo‘lding, sen bunga javoban unga qanday naf keltirding? Qancha soliq to‘lading? Nechta ish o‘rni yaratding? Kimga foydang tegdi?», deb o‘ziga savol berarmikan?
***
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda shirakayf erkak raqqosani ko‘tarib o‘ynayotgani va uni dab-durustdan yerga tashlab yuborgan holati aks etgan videolavhani ko‘rib qoldim. Ochig‘i, keyingi paytlarda to‘ylarda ayrim raqqosalar (agar ularni shunday atash mumkin bo‘lsa) bachkana qiliqlar qilib, hatto ichib olib, pul ilinjida erkaklarga suykalar, bu esa kishini g‘azablantirardi. Videolavhada aks etgan holat madaniyatsizlikning yaqqol ko‘rinishi. Axir raqqosaning kuyovjo‘ralar yoki erkaklar bilan raqsga tushishi qaysi odob mezonlariga to‘g‘ri keladi? Bu yil to‘ylarni har tomonlama ixcham, madaniyatli o‘tkazishga bel bog‘langan ekan, masalaning ana shu jihatlariga ham e’tibor qaratilishi zarur.