«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 15 aprel, №44) sonida o‘qing
Qishloq xo‘jaligi sohasida, masalan, jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligida ishlab, pensiyaga chiqqan shaxslarning boshqa soha vakillariga nisbatan kamroq pensiya olayotgani fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lyapti. Mazkur masala O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari tomonidan o‘z saylov okruglarida fuqarolar, mutasaddi idoralar vakillari bilan bevosita muloqot asosida o‘rganib chiqildi hamda pensiya miqdorini hisoblab chiqishda qonunchilik bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi. Xo‘sh, bu muammolar nimalarda ko‘rinadi? Pensiyaning eng kam miqdorini “iste’mol savatchasi” va “yashash minimumi” ko‘rsatkichlari asosida qayta ko‘rib chiqish lozim emasmi?
***
Koronavirusga chalingan samarqandlik bemorlar qayerda davolanyapti? Ular necha kishi? Bemorlarning ahvoli qanday? Bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlarga e’tibor-chi? Ularning davolanishi uchun shifoxonada zarur sharoitlar yaratilganmi? Bu bemorlarga necha nafar shiforkor, hamshira xizmat ko‘rsatmoqda?
***
Nurobod tumani haqida gap ketsa, odatda, keng dalalar, yaylov va adirlar, chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan cho‘pon-cho‘liqlar ko‘z oldimizga keladi. Ammo keyingi yillarda bu tumanda ham bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish, tomchilatib sug‘orish asosida sabzavot va poliz ekinlari parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, aholining o‘z tomorqasida hudud uchun an’anaviy bo‘lmagan qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirish bilan shug‘ullanayotgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Masalan, 4 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Jarquduq qishlog‘ida yashovchi oilalar hovlilarida katta-kichik issiqxonalarda ayni kunlarda pomidor, bodring g‘arq pishgan. Bugungi karantin paytida odamlardan uyda qolish so‘ralayotganda jarquduqliklarning tomorqada ishlab, ham oilaga qo‘shimcha daromad keltirayotgani, ham bozorni mahsulot bilan to‘ldirayotgani, shaksiz, tahsinga loyiq.