«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 16 yanvar, №6) sonida o‘qing
2020 yilda Samarqand shahar jamoat transportida nima o‘zgaradi? Sayyohlar nega jamoat transporti vositalari, masalan, avtobuslarga chiqmaydi? Bu shahardagi yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar, ulardagi qulayliklar sayyohlarga ma’qul kelmayotganidan emasmi? Bunga barham berish uchun soha mutasaddilari qanday choralar, tadbirlar ko‘rmoqda? Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtobuslar tabiiy gaz va elektr energiyasida harakatlanadi. Bu biz uchun har tomondan ma’qul emasmi?
***
14-15 yanvar kunlari oltinchi chaqiriq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining birinchi sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy masalalar ko‘rilgan sessiyalarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
***
Ijodkorlar - Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskaya “Bir yuz bir” deb nomlangan roman yozdi. Asar syujetiga real voqea, bir yuz bir o‘zbek jangchisining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi fojiali taqdiri, Amersfort konslagerida do‘zax azobiga mardona dosh bergan holatlari asos qilib olingan. Bu askarlar Gitlerning makkorona rejasini butkul barbod qilgani va fashistlarning jahon tarixini boshqa o‘zanga burib yuborishiga to‘siq bo‘lganini bilmay halok bo‘lishgan… Kitobni o‘qing!