«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 18 yanvar, №7) sonida o‘qing

Samarqandda Oliy Majlis Senatiga a’zolarni saylash bo‘yicha xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, kimlar senator etib saylandi? Ular orasida Siz taniydigan deputatlar bormi?

***

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida «Eng yaxshi kitobxon oila» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovda ishtirok etgan qaysi oila g‘olib bo‘ldi? Qaysi tuman adabiyotga, badiiy asarlar o‘qishga ishtiyoqmand ekan? Muhim, kim «Spark» avtomobiliga egalik qiladi?

***

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, qishin-yozin, sovuqda ham, issiqda ham mehnat qilayotgan farroshlar qancha maosh oladi? Byudjet muassasalarida farrosh shtatiga 1-razryad bilan 634 ming 880 so‘m maosh belgilanganini bilasizmi? Bunda qo‘lga olinadigani 552 ming 346 so‘mni tashkil qiladi. Bunday maosh mehnatga haq to‘lashning eng kami degani emasmi? Bu maosh bilan ro‘zg‘or tebratib bo‘ladimi? Deyarli barcha tashkilotlarda eng kam ish haqi farroshniki. Xuddi ularning ishi osondek, hamma ham farroshlar mehnatini bajara oladigandek...