«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 21 mart №37) sonida o‘qing

Dunyo iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi tufayli 2,7 trillion AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rishi mumkin. Bu Buyuk Britaniyaning yillik yalpi ichki mahsuloti degani. Yana 2020 yilda dunyoda iqtisodiy o‘sish 2,3 foizga pasayishi bashorat qilinmoqda.

Xo‘sh, koronavirus pandemiyasi Samarqand iqtisodiyotiga ta’siri qanday? Chunki viloyatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatida Xitoy Rossiya va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Agar Xitoyning eksportdagi ulushi 10-12 foiz bo‘lsa, importdagi ulushi 21,75 foiz. Sodda qilib aytganda, viloyatimiz importining 1/5 qismi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda.

*

Tabiatning belgi va alomatlari xalqning uzoq yillar quyosh, oy va boshqa koinot jismlarini kuzatishi mahsulidir. Unga asosan dehqon, bog‘bon va chorvadorlar uchun taqvimlar (kalendar) ham tuzilgan. Ulardan biri hijriy-shamsiy (1370) taqvimidir. Xo‘sh, ushbu taqvimga ko‘ra, hamal oyida dehqonchilik qay tarzda kechadi? Chorvachilik-chi? Ob-havoda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? Savr (buzoq) oyining qanday o‘ziga xos jihatlari bor? Boshqa oylarda-chi?

*

Amerikalik olimlar bakteriyalar yordamida «tirik» beton yaratibdi. Ular o‘z-o‘zidan tiklanish qobiliyatiga ega bu betonlar butun jahonda shaharsozlik asosi bo‘lishini bashorat qilmoqda. Bakteriyali tarkib ma’lum sharoitda betonning to‘liq tiklanishini ta’minlaydi. Misol uchun, yangi texnologiya bo‘yicha tayyorlangan g‘ishtni sindirsangiz gidrogel va qum aralashmasiga botirib yana tiklash mumkin. Quyosh ta’siri va gidrogeldan singuvchi modda bakteriyalarni tom ma’noda tiriltiradi va oldingi ko‘rinishiga kelishga yordam beradi. Olingan material beton singari mustahkam.