«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 22 fevral, №23-24) sonida o‘qing

Barchamiz Konstitutsiya va qonunlarimiz talabidan kelib chiqib, sudning mustaqil va xolis bo‘lishini istaymiz. Sudya daxlsiz, davlat muhofazasida ekanligini bilamiz. Ammo ayrim shaxslar, ayniqsa mansabdorlar har qanday holatda ham sud qarori o‘zlarining manfaatiga mos bo‘lishini juda xohlaydi. Agar sud qarorida o‘sha mansabdor shaxsning chiqargan qarori yoki uning qonunbuzarlik xatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, manfaatiga qarshi qaror chiqarilsa, o‘z mavqelaridan foydalanib, qandaydir yo‘llar bilan sudyaga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bundaylarni huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan yangi O‘zbekistonning mansabdor shaxsi deb bo‘ladimi?

***

Hindiston Angliya istibdodidan ozod bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritgach mamlakat bosh vaziri Javoharla’l Neru 1954 yilda sobiq Sovet ittifoqiga o‘zining ilk tashrifini amalga oshiradi. Ana shu tashrif chog‘ida u O‘zbekistonda ham bo‘lib, respublika Fanlar akademiyasiga kelganda bir kishi bilan uchrashmoq istagida ekanligini bildiradi. O‘rtada noqulay vaziyat vujudga keladi. Chunki Fanlar akademiyasi prezidenti: «U kishi vafot etganiga ancha vaqt bo‘lgan», deydi. Shunda Hindiston bosh vaziri bu olimning qabrini ziyorat qilmoqchi ekanligini aytadi. «U kishi yo‘lda vafot etgan, shu sababli qabri noma’lum» degan javobni eshitadi… Javoharla’l Neru izlagan inson - O‘zbekiston tarixchilarining haqiqiy rahnamosi, ustozi bo‘lgan olim, professor edi. U kim edi?

***

“Bu voqea 1981 yil Moskvada  bo‘lgan edi. Men jurnalist sifatida ajoyib xabar topdim. Moskvaning Kuzminki tumanida yangi  qurilishlar avj olgan joyda, yangi ochilgan ko‘chalarga “Samarqand”, “Toshkent” va “Farg‘ona” nomlari berilibdi. Darhol o‘sha joylarga bordim. Darhaqiqat, kishi hayratga tushadigan shoh ko‘cha (prospekt)ning kengligi kamida 80 metr keladi. Ikki tomonida 9 va 12 qavatli uylar, ajoyib inshootlar bor, ko‘chaga endi asfalt yotqizilmoqda. S’yezdlar saroyida Bektosh Rahimovni topib, ko‘rganlarimni aytdim. U kishi ham juda quvondi. Hamma o‘zbekistonlik deputatlarni kechki majlisdan so‘ng o‘sha joyga olib bordik. Barcha hayratda. “Samarqand” shoh ko‘chasini uchta katta ko‘chalar – “Toshkent”, “Farg‘ona” va “Farg‘ona” tor ko‘chalari kesib o‘tgan. Buni qarangki, Bektosh aka bu ko‘chalarga yangi nomlar berilishida Moskva shahri hokimiyati rahbarlari bilan oldindan kelishib qo‘ygan ekan”.