«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 7 yanvar, №2) sonida o‘qing

5 yanvar kuni xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 5 ta okrugda takroriy ovoz berish o‘tkazildi. Xo‘sh, ushbu jarayon natijalari qanday bo‘ldi? Qaysi siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar deputatlikka saylandi? Umuman, viloyat Kengashiga jami qaysi partiyadan qancha nomzod deputatlikka saylandi?

***

Mahmudxo‘ja Behbudiy. U kim bo‘lgan? Biz uni munosib qadrlayapmizmi? Behbudiyning nafaqat pedagog, jurnalist, ma’rifatparvar, balki siyosiy arbob ekanini bilamizmi? Mohir tadqiqotchi Halim Sayidning Samarqand viloyati hokimi nomiga ochiq xat yo‘llashining sabablari nimada? 

***

«Turmush o‘rtog‘im harbiyga borganda ertalablari gugurt cho‘pi yonib o‘chguncha kiyinib olishimiz talab etilardi, derdi. Hozir askarlar katta kazarmada emas, har birida to‘rt karavot qo‘yilgan, ozoda, yorug‘ xonalarda uxlashar ekan». Markaziy harbiy okrugida tashkil etilgan «Askar onalari» tadbirida bu yerdagi sharoitlarni kuzatgan onaxon hayajonini yashirolmadi.