«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 8 aprel, №42) sonida o‘qing
Bugungi kunda dunyoni larzaga solgan tojlivirusga qarshi yer yuzi davlatlarining salkam hammasi kurashmoqda. Shu jihatdan bugun jahonda insoniyat tomonidan bu ofatga qarshi uchinchi jahon urushi ketyapti, deb bemalol aytish mumkin. Kimdir bu hodisani bizga qarshi falonchilar tarqatgan, ataylab “bizga” qarshi tarqatgan jang, deb ham qarab kelmoqda. Lekin nima bo‘lganda ham jahon urushlari yer yuziga, odamzotga nafaqat ofatlar olib kelgan, bu urushlar ma’lum ma’noda taraqqiyot ham olib kelganligini inkor qilmaymiz va hatto, tan olamiz. Shu kabi fikrlar bilan gazetada bosilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Mahmud Yo‘ldoshevning «Tojlivirus gipnozi. Biz «uchinchi jahon urushi» xavfini yengishga tayyormizmi?» maqolasi orqali tanishing.
*
«Mendan urush haqida so‘ramanglar, oti o‘chsin, eslashni istamayman. Yonginamda qanchadan-qancha safdoshlarim jon bergan. Ularning barchasi tug‘ishgan aka-ukalarimdek qadrdonlarim edi. Janggohda yaralanib chekkan azoblarimdan ham og‘irroq dardni har bir xizmatdosh do‘stimdan ayrilganimda his qilar edim. Ey, qo‘yinglar, o‘sha kunlarni. Prezidentimiz bizni mukofotlash bo‘yicha yana farmon chiqaribdi, baraka topsin, oz emas – naqd 10 million so‘m. Shu yangilikni eshitib o‘tirganimda deng, tashqarida yomg‘ir yog‘a boshladi. Bu qishlog‘imizga, yurtimizga baraka yog‘ilayapti, degani. Dunyomiz tinch, rizqimiz butun bo‘lsin. Shu yomg‘irlar butun olam dardini yuvib ketsin”. Qo‘shrabotlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, bobo 96 yoshni qarshilayotgan Adirboy ota bilan suhbatlashsangiz ana shunday gaplarni ko‘p eshitasiz.
*
Karantinga olingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan shifokor. Xo‘sh, u bu yerda ishlash uchun o‘z ixtiyori bilan bordimi? Oila a’zolari bu qarorini, ishini qanday qabul qildi? Ish tartibi avvalgi kundalik ishidan keskin farq qiladi. Bu nimalarda aks etyapti? Qaysi omillarga ko‘ra u butun dunyo hozircha bu xastalik oldida bosh egib turgani, o‘zimiz hayotimizni asrashimiz, shifokorlar tavsiyalarga amal qilishimiz kerakligini ta’kidladi?