«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 8 fevral, №17) sonida o‘qing
Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Bog‘ishamol sanoat kasb-hunar kollejida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Ertalab soat 8:00 da boshlangan qabul 16:00 gacha davom etdi. Nega? Unda fuqarolar asosan qanday muammo bilan murojaat qildi? Bugun ularni nima qiynayapti? Viloyat hokimi haykaltaroshning ustaxonasiga nega borishini bildirdi? “Universal o‘quv doskasi” yaratgan oddiy o‘qituvchini kim rag‘batlantiradi, uning ishini kim ommalashtiradi? “Snos” qilingan imoratlar uchun nega shu paytgacha kompensatsiya puli to‘lab berilmagan?
***
Bugungi kunda Samarqand viloyatidagi 16 tuman va shahar hokimliklarida, 35 ta davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida axborot xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Boshqa tashkilotlarda axborot xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish nega qiyin kechmoqda? Axborot xizmatlari bugun o‘z vazifasini qay darajada uddalamoqda? Jurnalistlar axborot xizmati faoliyatidan nechog‘lik rozi? Bu savollarga “Axborot xizmatlari: Tashkilot “yuzi” bo‘lish osonmi?” maqolasi orqali javob olasiz.
***
...Do‘xtir opa darvozadan chiqib qarasa, ko‘chada bir emas, bir to‘da qo‘y turibdi. Hayron bo‘lib buning sababini so‘raydi. Shunda mo‘ysafid opaga, o‘sha bitta qo‘y vaqt o‘tishi bilan shuncha bo‘lganini va bu qo‘ylarning hammasi unga tegishli ekanini aytadi. Shubhasiz, ushbu voqea Urgutda duv-duv gap bo‘ladi va O‘lmas Jamolning ham e’tiboriga tushadi. O‘lmas aka bundan ta’sirlanib, hikoyanamo bir narsa yozadi-da, markaziy gazetalardan birida chop ettiradi. Oradan ancha muddat o‘tgach, Toshkentda bo‘lgan chog‘ida O‘lmas Umarbekov u kishiga yangi bir dramatik asar yozayotgani va asar syujetida u yozgan hikoyadagi voqeadan foydalanganligini aytib, bunga muallifdan ijozat so‘raydi. Natijada, ana shu voqeiy hikoya asosida adib O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” nomli mashhur dramasi dunyoga keladi.