Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zarnews.uz o‘quvchilarining 93 foizi axborotni internet saytlar va telegram kanallardan oladi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan saytimizda ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnomada faol qatnashgan o‘quvchilarimizning ko‘rsatgan natijalari bilan tanishtiramiz.   

1.Sizningcha axborot tarqatuvchi internet saytlarning xabarlari ishonchlimi?

A) “Ha” javobiga 17 foiz. B) “Yo‘q” javobiga 15 foiz  V) “Ishonchli, ammo ba’zida aldaydi”, degan javobga 68 foiz ovoz berishgan. 

2.Telegram kanallarda berilayotgan xabarlarning ko‘proq qaysi hududga tegishlisini o‘qiysiz?

A) Dunyo (29 foiz). B) O‘zbekiston (52 foiz). V) Viloyat (19 foiz).

3.Axborot tarqatuvchi telegram kanallarni doimiy kuzatib borasizmi?

A) “Ha” javobiga 80 foiz. B) “Yo‘q” javobiga 4 foiz. V) “Vaqtim bo‘lganda” javobiga 16 foiz.

4.Siz axborotni ko‘proq qayerdan olasiz?

A) Televideniye va radio (5 foiz). B) Gazeta (2 foiz). V) Internet saytlar va telegram kanallar (93 foiz).