Zebiniso Shodiyevaga yana bir mas’uliyatli vazifa topshirildi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Camarqand viloyat kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat, tuman, shahar kengashlari raislari, xodimlari hamda mahalliy kengashlar deputatlari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamuratov  so‘zga chiqdi.

Partiya yetakchisi joriy yilning o‘tgan 4 oy davomida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilib, oldinda turgan saylov jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga to‘xtaldi. Partiya faollari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berdi.

Majlisda respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Camarqand viloyat kengashi raisligiga saylandi.

  O‘zMTDP viloyat kengashi matbuot xizmati