Zelenskiy Ukraina tibbiyot tizimini ehtimoliy inqirozi haqida ogohlantirdi

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar sonini davomiyligi oshishi Ukraina tibbiyot tizimi inqiroziga olib keladi va bu holatga qarshi davlat hech narsa qila olmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 21 avgust kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi (MXMK) apparatining koronavirus tarqalishini monitoring qilish tizimi, 21 avgust kuni so‘nggi kecha kunduzda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2106 nafarga oshganini va 23 nafar bemor vafot etganini ma’lum qildi.
“Biz ikki mingdan oshiq (bir kecha kunduzda kasallanish holati) holatdamiz, bu juda qaltis holat... Biz faqatgina yuqumli kasalliklar shifoxonalari tashkillashtira olmaymiz, barcha kasalxonalarni qayta jihozlay olmaymiz. Shu sababli kasallanganlar sonining oshishi shunchaki biz uchun tibbiyotni butunlay to‘xtatib qo‘yadi va bu holatga qarshi davlat hech narsa qila olmaydi”, - dedi Zelenskiy.
U ukrainaliklarni ehtiyotkorlikka va niqob taqib yurishga chaqirdi.
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 643 nafarga yetgan. Ulardan 51 078 nafar bemor sog‘aygan, 2 207 nafar bemor vafot etgan.