Zelenskiy yo‘qolgan hududlar bo‘yicha murosaga ishora qildi. Savdo urushi: Xitoy AQShga javob bojlarini joriy qildi. Dunyoning eng boy kishilari milliardlar yo‘qotdi

🔹  Ukraina yo‘qotilgan hududlarni Rossiyaning bir qismi sifatida hech qachon tan olmaydi — “bu qizil chiziq”, Vladimir Zelenskiy Kiyev kutishga va oxir-oqibat ularni diplomatik yo‘l bilan qaytarishga tayyorligini aytdi, agar diplomatiya natija bersa, deya Prezident Ukraina pozitsiyasiga urg‘u berar ekan, strategiyadagi ehtimoliy o‘zgarishlarga ishora qildi.

🔹  Xitoy javob tariqasida AQShning barcha mahsulotlariga 34 foizlik boj joriy qildi.

🔹  Dunyoning eng boy odamlari AQSh bojlaridan keyin 208 milliard dollar yo‘qotdi. Meta rahbari Mark Sukerberg va Amazon asoschisi Jeff Bezos kabi amerikalik milliarderlar eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bundan tashqari, Tramp tariflarining global ta’minot zanjirlarini buzishi AQSh mudofaa sanoatiga tahdid solmoqda. AQSh fond bozori qariyb 2 trillion dollar yo‘qotgan. 

🔹  Anqara va Suriyaning yangi hukumati Suriyaning T4 aeroporti bazasida turk harbiy bazalarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi. T4 bazasi Suriyadagi eng yirik harbiy aerodromlardan biri bo‘lib, ilgari Eron va Rossiya harbiylari tomonidan faol foydalanilgan. 

🔹  Britaniyaning Queen Mary-2 kruiz kemasi bortida bo‘lgan 240 dan ortiq kishi norovirus deb rasman tasdiqlangan o‘tkir ichak virusi bilan kasallangan. Layner bortida jami 2538 nafar yo‘lovchi va 1232 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

🔹  Eron Yamandan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib keta boshladi va AQShning isyonchi guruhga qarshi ommaviy havo hujumlari ortidan hutiylarni qo‘llab-quvvatlashni cheklamoqda. 

🔹  Putinning maxsus vakili va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Vashingtonga tashrifidan so‘ng bir qator balandparvoz bayonotlar berdi: “Amerika biznesi Rossiya bozorini tark etgan Yevropa kompaniyalari o‘rnini egallashga tayyor”. "Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishda yutuqlar bor. Yaqinda AQSh bilan yangi muzokaralar bo‘ladi. Tramp ham Putin va Zelenskiy Ukraina bo‘yicha kelishuvga tayyorligiga ishonch bildirdi.

🔹  Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3145 kishiga yetdi, 4500 dan ortiq kishi jarohatlangan.

G.Xoldorova tayyorladi.