Zomin seminariga borishni istaysizmi?
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok eting.
Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar she’riyat, proza, dramaturgiya, tarjima, publitsistika yo‘nalishida keyingi 2-3 yilda ommaviy axborot vositalari, to‘plamlarda chop etgan ijod namunalari bilan qatnashishlari mumkin.
5-6 aprel kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ishchi guruhi «Iste’dod maktabi» seminari doirasida Samarqandda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi va munosiblar tanlab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, Zomin seminarida yosh ijodkorlar mashqlari taniqli adiblar tomonidan o‘rganilib, baho beriladi, mahorat darslari o‘tiladi. Eng yaxshi mashqlar nashr qilishga tavsiya etiladi.
Manzil: Samarqand shahri, Kamol Otaturk ko‘chasi, 12-uy. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi.
Telefon: 233-43-57, +998 97 286-55-24.