Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz

25 noyabrdan mamlakatimizda shu shior ostida «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» tadbirlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan shahar hokimi G.Alimova, SamDU xotin-qizlar kengashi raisi Sh.To‘xliyeva, shahar xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Qo‘chqorova hamda shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul, katta inspektor Z.Ahatova mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Davra suhbati davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan hamda gender tengligi, oiladagi zo‘ravonliklarni oldini olish, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.