Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1 avgustdan nogironlik pensiyalari qanchaga oshadi?

Prezident Farmoniga binoan: 2019 yil 1 avgustdan boshlab:

• II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

• II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

• boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi;

• I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi.