Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1 iyul kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda qanday masalalar ko‘riladi?

Samarqand viloyati hokimi 2019 yil 25 iyunda "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasini 2019 yil 1 iyul kuni soat 10:00 da viloyat hokimligida chaqirish belgilandi.

Sessiya kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5729-sonli farmonidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar haqidagi, xalq deputatlari viloyat Kengashi tarkibida Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya tuzish to‘g‘risidagi, viloyat Kengashi tarkibida Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi tuzilganligi munosabati bilan viloyat Kengashi reglamenti va nizomiga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar (jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy)ning 2019 yil 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari haqidagi masalalar kiritilgan.

Shuningdek, sessiyada tashkiliy hamda boshqa masalalar ko‘riladi.