Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

60 millionlik zargarlik buyumlarini qaytarmagan ayolga jinoyat ishi ochildi

2020 yilning 12 may kunidan 24 may kuniga qadar 21 yoshli G.O. (ayol) 27 yoshli N.M.ning (ayol) ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan jami narxi 60.000.000 so‘mga teng qimmatbaho zargarlik buyumlarini sotib, bir hafta ichida pullarini olib kelishini aytgan va ushbu zargarlik buyumlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni qaytarib bermasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qimmatbaho buyum va pullaringizni notanish insonlarning qo‘liga bermang. Firibgarlarning to‘riga tushmaslik o‘zingizning qo‘lingizda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.