Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish talabga yarasha emas
- 28.05.2025 17:41
- 36
- O‘zbekiston

Viloyatda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida 114 ta, shundan 17 ta korxona, 87 ta hunarmand, 10 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.
Ushbu korxonalar tomonidan 2023 yilda 5,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 3,4 barobarga ortib, 18,4 milliard so‘mga yetgan.
Shuningdek, 2 ta korxona tomonidan 202,4 ming dollarlik zargarlik buyumlari - taqinchoqlar Tojikiston davlatiga eksport qilingan.
Bundan tashqari, 150 dan ortiq tadbirkor zargarlik mahsulotlari savdosi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat aholisi 4 million 300 ming kishidan oshib, zargarlik buyumlariga bo‘lgan talab yiliga 480 kilogramm etib baholanmoqda.
Mavjud korxonalar tomonidan esa yillik 301 kilogramm zargarlik (125 kg oltin va 176 kg kumush) mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati mavjud.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandlik talabalar Italiyada o‘qiydi
- Kecha, 17:23
- Samarqand
Sun’iy intellekt tarixiy matnlarni ham tiklamoqda
- Kecha, 16:39
- Jamiyat