56 million so‘m miqdoridagi tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar ushlandi
- 30.10.2020 12:37
- 136
- Jinoyat va jazo
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi qishloqlarning birida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 17 oktyabr kuni kunduzi noma’lum shaxs uyiga kirib, yotoqxonasidagi javondan, qiymati 56 million 100 ming so‘mlik tilla taqinchoqlari o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b, g" bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Sh., H.N. va M.M. ismli ayollar sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.