Yo‘lovchi protez qo‘lida zargarlik buyumlarini olib o‘tishga urindi
- 03.02.2021 11:12
- 94
- Jamiyat

Xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilar orasidagi imkoniyati cheklangan shaxslardan birining “yashil” yo‘lak orqali harakatlanayotib, bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi.
Shundan so‘ng ushbu shaxs bojxona postidagi bodi-skaner qurilmasi orqali ko‘zdan kechirilganida, o‘ng qo‘liga o‘rnatilgan protez orasiga 75 gramm og‘irlikdagi qiymati 23,6 million so‘mlik zargarlik buyumlari yashirilganligi fosh qilindi.
Ayni shu reysda uchib kelgan yana bir yo‘lovchi esa 58 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini cho‘ntaklariga yashirgancha, “yashil” yo‘lakdan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Mazkur tilla taqinchoqlarning umumiy qiymati esa salkam 15,8 million so‘mni tashkil qildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ko‘zlarimga yosh keldi
- Bugun, 08:51
- Ta’lim
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- Kecha, 19:50
- O'qing, qiziq!
Sohil bo‘yidagi ona
- Kecha, 19:47
- Mutolaa
O‘zbekning ovoziga e’tirof bu
- Kecha, 15:09
- Jamiyat