Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda bosh nomzod idorasiga uyushtirilgan hujumda 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston bosh vaziri nomzodi Amrilla Solih boshchiligidagi Green Trend siyosiy harakati ofisiga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News’ga tayanib AiF xabar bermoqda.

Yana 50 nafar kishi yaralangan. Tashkilot ofisiga hujum paytida nomzodning yordamchilari bo‘lgan. Solihning o‘zi ham yaralangan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 150 dan ortiq tinch aholi binodan evakuatsiya qilingan.

Hujumda to‘rt kishi ishtirok etgan, politsiya hujumchilarni yo‘q qilgan, deyiladi xabarda.