Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 18 nafar odam halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubining Gilmend viloyatida “Tolibon” terrorchilik harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) tomonidan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi moddaning harakatga keltirilishi oqibatida kamida 18 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, portlash 3 may kuni kechqurun Naxre Seraj hududida sodir bo‘lgan. Mina o‘rnatilgan avtomobil Afg‘oniston milliy armiyasi va milliy xavfsizlik direktorati nazorat punkti yonida portlatilgan.

Viloyat gubernatori matbuot kotibi Omar Zvak bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida besh nafar harbiy halok bo‘lgan va yana besh nafari jarohatlangan.

“Tolibon” terrorchilik harakati sodir bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.