Angren daryosiga tushib ketgan otlar qutqarib qolindi
- 10.03.2020 13:50
- 175
- O‘zbekiston
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, kecha tashkilotning “Angren” navbatchilik maskaniga Angren shahar Jigariston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qilgan.
Fuqaro o‘ziga qarashli bo‘lgan bir juft otlari yo‘qolib qolib, Angren daryosi ichidan topilganligi, ammo ularni chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqarma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat yuzasidan “Angren” navbatchilik maskanidan M.Akbarov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar, Angren shahar veterinariya xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Qisqa vaqt mobaynida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida otni daryodan olib chiqib, fuqaroning mulki bo‘lgan jonivorning hayotini saqlab qolishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb