Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtokreditni onlayn tarzda, uydan turib rasmiylashtiring

UzAuto Motors kompaniyasi Infinbank bilan hamkorlikda xaridorlarga avtokreditni onlayn rejimda rasmiylashtirishni taklif qiladi.

O‘zbekistonda ilk bor sizda avtomobil xaridi uchun kreditni Infinbankning mobil ilovasi orqali, bankka bormasdan rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘ldi.

Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bog‘liq — boshlang‘ich pulingiz qancha ko‘p bo‘lsa, kredit bo‘yicha foiz stavkangiz shuncha kam bo‘ladi.

Kreditlar “Spark”, “Nexia”, “Lacetti”, “Tracker”, “Malibu”, shuningdek “Trailblazer” avtomobillarini xarid qilish uchun taqdim etiladi.

35 foiz boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan taqdiringizda foiz stavkasi quyidagi avtomobillar uchun 23,9 foizni tashkil qiladi:

- Spark 3 pozitsiya AT — muddati 24 oy

- Nexia 3 pozitsiya AT— muddati 24 oy

- Lacetti 1 pozitsiya — muddati 30 oy

- Lacetti 1 pozitsiya s GBO — muddati 30 oy

- Trailblazer — muddati 36 oy

- Tracker MT/AT va Malibu 1,5 avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 25 foiz, kredit muddati 36 oy.

50 foizgacha boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan taqdirda quyidagi avtomobillar uchun foiz stavkasi yillik 18 foizni tashkil qiladi, kreditlash muddati 24 oy:

- Spark 3 pozitsiya AT — boshlang‘ich to‘lov 50%

- Nexia 3 pozitsiya AT— boshlang‘ich to‘lov 50%

- Lacetti 1 pozitsiya — boshlang‘ich to‘lov 50%

- Lacetti 1 pozitsiya s GBO — boshlang‘ich to‘lov 50%

- Trailblazer — boshlang‘ich to‘lov 50%

- Tracker MT/AT va Malibu avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 40% tashkil qiladi.

Batafsil ma’lumotni InfinBank mobil ilovasi hamda (71) 202-50-60 raqamlari orqali olishingiz mumkin.