Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomashinalarni xarid qilishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkentda avtomobillarni xarid qilishni va’da berib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ko‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, 2018 yilning sentyabr oyida Mirobod tumanida 37 yoshli Kamoliddin K. tanishi bo‘lgan 41 yoshli Alixon X.ga salondan “Spark” va “Neksiya” avtomobillarini u uchun xarid qilishni va’da qilgan. Buning uchun u Alixon X.dan 15.900 AQSh dollari olgan, ammo va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.