Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomobillar narxi oshdimi? “UzAuto Motors” aniqlik kiritdi

“UzAuto Motors” AJga ko‘plab xaridorlar tomonidan avtomobil narxi xususida murojaatlar yo‘llanmoqda.

"Yo‘q, avtomobil narxi oshmagan. Quyida buni tushuntirishga harakat qilamiz...", deya javob bergan kompaniya.

Gap shundaki, 2020 yildan boshlab “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.

Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni, avtomobil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.

Mazkur holat diler va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda xaridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

Quyidagi jadvalda qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.