Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bachadon bo‘yni saratoniga qarshi vaksinani qo‘llash amaliyoti boshlanadi

23 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi rahbarlari ishtirokida «Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish rejalari, hududiy shifoxonalar muammolari, bepul buyurtmalar olish tartibi» mavzuida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Human.uz xabar bermoqda.

Unda ayollarda kuzatilayotgan bachadon bo‘yni saratoni bilan bog‘liq holatlar va uning oldini olish bo‘yicha vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘raldi.

«2018 yilda har bir tuman tibbiyot birlashmalariga 200 dan ortiq UZI apparatlari olib berildi. Shunga muvofiq, 2019 yildan boshlab xotin-qizlarning hammasini diagnostika qilish lozimligi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, joriy yil xalqaro donorlik tashkilotlari hamkorligida 9-12 yosh oralig‘idagi o‘smir qizlarga VPCh vaksinasini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yish belgilandi. Kelgusi yillardan bu ishlarning ijobiy samarasi ko‘zga tashlanishi kutilmoqda», — dedi vazirlik Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mirazim Mirtolipov.