Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Belarusda “Spark”, “Nexia” va “Cobalt” avtomobillari savdosi boshlandi

Belarus Respublikasida UzAuto Motors tomonidan Chevrolet brendi ostida avtomobillar savdosi boshlandi.

“Spark”, “Nexia” va “Cobalt” bu borada taqdim etilgan dastlabki modellar bo‘ldi.

Avtomobillarning birinchi partiyasi “Multimotors” avtomarkaziga yetkazib berildi. U Chevrolet brendining premial avtomobillari rasmiy dileri sanaladi.

UzAuto Motors bilan ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha yangi dilerlik kelishuvi ham imzolangan.

Qayd etilishicha, ushbu avtomobillarning asosiy afzalligi narxi va sifatidagi o‘zaro uyg‘unlikdir.

UzAuto Motors jahon avtosanoatining yetakchilaridan biri – General Motors kompaniyasi o‘rnatgan standartlarga to‘liq mos keluvchi avtomobillarning yuqori sifatiga erishdi. Shuning uchun unga tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi taqdim etildi.

UzAuto Motors kompaniyasi Belarus, Qozog‘iston va Rossiya eksport bozorlarida Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshlab yuborgan.