Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bishkekda Prezident iste’fosini talab qilgan odamlar namoyishga chiqdi

Bishkek markazidagi hukumat uyi yonida 100 ga yaqin odam to‘planib, amaldagi Prezident iste’fosini talab qilmoqda. Bu haqda 14 oktyabr kuni RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat uyining asosiy kirish qismidagi zinapoyalarga ovoz kuchaytirgich uskunalar o‘rnatilgan va faollar nutq so‘zlagan. Yig‘ilganlar Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning spikeri iste’fosi va Bosh vazir lavozimiga Sadir Japarov tayinlanishini talab qilgan.

Birozdan so‘ng, Qirg‘iziston parlamenti tomonidan Bosh vazir Sadir Japarov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi tuzilishi va dasturi ma’qullangani haqida ma’lum qilindi. Endilikda Sadir Japarovni Bosh vazir lavozimiga tayinlanganligi haqidagi buyruqqa mamlakat Prezidenti Sooronbay Jeenbekov imzo qo‘yishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarovni Bosh vazir lavozimiga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqqa  imzo qo‘yishdan bosh tortgan edi.