Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Biz OITSga qarshimiz!”

Samarqand shahrida 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

Ta’lim, tibbiyot muassasalari xodimlari, talabalar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan marafon “Samarqand” kinoteatri oldidan start olib, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, she’riyat mulkining sultoni nomi bilan ataluvchi ko‘chasi bo‘ylab davom etdi. Qatnashchilar ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.


Shuningdek, bugun Yoshlar markazida mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir, ta’lim muassasalari, mahallalarda yoshlar aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Baxtiyor MUSTANOV.