Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bloger – havaskor jurnalist, biroq ba’zi jurnalistlardan mahoratliroq bӯlishi mumkin

Kӯpchilik bloger va jurnalistlarning farqiga bormaydi. Vaholanki, ular ӯrtasida umumiylik qatori ӯziga xoslik ham mavjud. Hamma blogerlar ham jurnalistlar kabi mahoratli emas, biroq har qanday jurnalist blogerlikka da’vo qilishi mumkin.     

Bugungi kunda mamlakatimizda sӯz erkinligining barqarorlashuvi, OAVga berilgan imkoniyat va sharoitlarning hosilasi sabab, ushbu sohada ma’lum masalalar muhokama markaziga tushib qoldi. Jumladan, sӯnggi kunlarda axborot haqida gap ketganda, jurnalistlar qatori blogerlar tez-tez tilga olinadigan bӯldi. Rasmiy va norasmiy tadbir va anjumanlarda ham OAV xodimlari qatori blogerlar taklif etilmoqda. Bu ochiq jamiyatda sӯz erkinligining barqarorlashayotgani, chinakam demokratik prinsiplarning amal qilayotganidan dalolat beradi. Bu holatning xavfli tomoni shundaki, axborot berish va qabul qilishda shaffoflik, ob’yektivlik, haqqoniylik, ochiqlik va daxlsizlik ustuvorligi ta’minlashda. Ya’ni har kim axborot berish yo tarqatish huquqiga ega jamiyatda axborot tarqatuvchi shaxs yo uyushma har qanday tazyiq, manfaat, sub’yektiv fikrlar yo ma’lum bir guruhlarning manfaatlaridan xoli ravishda haqqoniylik, ob’yektivlilik, ishonchlilik, mas’uliyatlilikni anglashi va bu me’yorlarga qat’iy amal qilishi kerak. Bu masala jurnalistlar qatori blogerlarning jamiyatda faollashuvi bilan yanada muhimroq bӯlib qoldi. Sababi, jurnalistlar bilan blogerlar ӯrtasida farq va ӯxshashlik amaliy tarzda keng omma uchun hali u qadar oydinlashgani yo‘q. Bu borada menimcha soha mutaxassis va olimlari, tadqiqotchilar hozirjavoblik bilan munosabat bildirishlari shart.

Savol tug‘iladi: jurnalistning aksariyat vazifasini bajarayotgan bloger jurnalist bo‘la oladimi? Yo‘q. Biroq bu javobdan darrov “jurnalist blogerdan ustun qo‘yilmoqda” degan andishaga bormaslik kerak. Chunki ba’zi bir blogerlar jamiyatimizdagi muammo va masalalarni yechishda ba’zi jurnalistlardan yaxshiroq jonbozlik ko‘rsatmoqda. Ammo bu ham blogerni jurnalistdan ustun qo‘yishga asos bo‘lolmaydi.

Fikrimizcha, bloger jurnalist emas. Murakkab xulosa talab etadigan ushbu oddiy fikrni keng jamoatchilik yaxshi tushunishi va anglashi lozim. Chunki bu “axborot iste’molida” nihoyatda muhim omil hisoblanadi.

Nima uchun bloger jurnalist emas?

Birinchidan, blogerga hech qanday javobgarlik yo‘q. U xohlagan payti, xohlagan mavzusi haqida material tayyorlashi, e’lon qilishi mumkin. Axborot uzatishda bo‘rttirishi, aldashi yo o‘zi bilmagan holda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ammo bu borada jurnalistga ancha mas’uliyat va javobgarlik bor.

Ikkinchidan, mashhur jurnalist Pozner aytganidek, blogerlik jurnalistdan farqli ravishda kasb emas. Ya’ni axborot uzatishda professionallik ham muhim ahamiyatga ega.

Uchinchidan, blogerlar doim OAV qonunlari va jurnalistlar etikasi doirasida ish ko‘rmaydi. Ular faqat guvohi bo‘lgan voqea-hodisa haqida xabar, imkoni va bilimi yetgan mavzuda material tayyorlashi mumkin.

Tӯrtinchidan, blogerlarda savodlilik darajasi turlicha. Ya’ni ular axborotni istagan uslubda yozishi, bayon qilishi mumkin. Matn, foto va tasvirlardagi xatolik, kamchiliklar uchun ular mas’uliyatni zimmalariga olishmaydi.

Beshinchidan, blogerlar jurnalistlardan farqli ravishda xabar tarqatayotganda emotsiya, hayajon hayratga berilishlari, o‘z fikr va xulosalariga tayanib voqea-hodisalarni sharhlashlari mumkin.

Oltinchidan, bloger axborot manbai, guvoh sifatida qabul qilinishi mumkin. Ya’ni u orqali OAV ma’lumot olishlari, tarqatishlari imkoni mavjud. Bil’aks - OAV manbalariga tayanib materiallar tayyorlayotgan blogerlar ham kam emas.

Aslida bugungi jamiyatda jurnalist degan guvohnomani ko‘tarib yurib, o‘z mas’uliyatini bilmayotgan, maddohlik va manfaatlar uchungina harakatda bo‘layotgan yoki nomigagina kabinetga tiqilib olib ijod qilayotgan hamkasblaringiz ham bor deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, ammo bu o‘sha OAV muharrirlariyu rahbarlari bilan bog‘liq jarayon. Shunga javoban jasorat ko‘rsatib, jamiyatning nuqsonini kelajakka isloh etish, ijobiy o‘zgarishlar uchun intilayotgan, so‘z mas’uliyatini biladigan blogerlar ehtimol yuqorida sifatlari aytilgan “jurnalistlar”dan fidoyiroq va kerakliroqdir.

Xullas, bu omillarning yana ko‘pini keltirish mumkin. Muhimi, bugungi kunda biz bu borada aniq tushunchaga ega bo‘lishimizdir. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy jurnalistika sohasida yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil va taqqosni, ilmiy bashoratlarni talab qiladi.

Aslida kimni bloger deyish mumkin? Bu masala ham muhim bo‘lib, ushbu tushunchaga izoh ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarga asoslanib, qonunchilikda aniq ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek blogerlarning huquqlarini himoya qilish, qo‘shimcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish barobarida omma oldida mas’uliyat va javobgarlik hissi uchun ham blogerlar uchun qonun nihoyatda zarur. Shu maqsadda Ӯzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasining regulation.gov.uz portalida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi loyiha joylashtirildi. Unda bloger tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: bloger — xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

Bu ta’rif ham tahrirtalab, chunki unda internet jurnalistikada faoliyat olib borayotgan jurnalistlar kӯproq nazarda tutilgandek. Vaholanki axborot tarqatuvchi har qanday jismoniy shaxsga bloger degan maqom berish noo‘rin. Menimcha, bloger ma’lum bir foydalanuvchilar yo obunachilarga ega bo‘lishi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi kerak. Chunki ertaga har qanday jismoniy shaxs turli xil ma’lumot va xabarlarni e’lon qilaverib, o‘zidan bloger yasab olishi mumkin. Ba’zi holatlarda shunday ham bӯlayapti. Ijtimoiy tarmoqlar va muhokamalarni o‘qib, amin bӯlayapmizki, blogerlik uchun aniq mezon va talab kerak. Jamoatchilik nazorati ostida bo‘lsa-da, blogerlik faoliyati tahlil etilishi, baho berilishi lozim. Aytaylik, nuqul masalaning bir tomonini bo‘rttirib ko‘rsatadigan, o‘zining yashirincha manfaati bo‘lgan shaxs omma oldiga bloger sifatida “chiqish qilaversa”, nima bӯladi? Shuning uchun blogerlarga jurnalist maqomi darajasida huquq berilayotgan ekan, o‘sha darajada majburiyat va javobgarlik ham bo‘lishi lozim. Bu jamoatchilik nazorati ostida bo‘lsa, demokratik jamiyati me’yorlariga ham muvofiq bo‘ladi.

Xulosa, blogerlik faoliyati jurnalistik faoliyat kabi qorong‘u uyda xuddi fonus ko‘tarib kiradigan shaxs kabi nihoyatda samaralidir. Biroq, bu borada haqqoniylik, ob’yektivlik, so‘z va axborot, mas’uliyat va etika me’yorlariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Bu talablar qanchalik bajarilishi esa yana keng jamoatchilik fikri va xulosasiga bog‘liqdir.

         Bahodir Rahmonov.