Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urdagi press-tur “Bulung‘ur I” MChJ faoliyati bilan tanishishdan boshlandi

Viloyat hokimligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida an’anaviy tashkil etilib kelinayotgan press-turning bu galgi tadbirlari Bulung‘ur tumanida o‘tkazilmoqda.

Tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralarini ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida uyushtirilgan press-tur “Bulung‘ur I” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Ishtirokchilarga jamiyatning uzumni qayta ishlash korxonasi faoliyati, kelgusidagi rejalar, xususan, xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshirilayotgan 10 ga yaqin yangi loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

T.SIDDIQOV.