Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chorva mollari ekinzorlarni payhon qilsa, qancha miqdorda jarima solinishini bilasizmi?

Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi:

- fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan (202 ming 730 so‘mdan) uch baravarigacha (608 ming 190 so‘mgacha);

- mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan (608 ming 190 so‘mgacha) besh baravarigacha (1 mln 13 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.