Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 38 milliondan oshdi

Bu haqda AQShning Jons Xopkins universiteti ma’lum qildi.

Universitet taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 oktyabr holatiga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 38 041 143 nafarga yetgan. 1 084 888 bemor vafot etgan va 26 milliondan ortiq bemor tuzalgan.

2019 yilning dekabr oyida birinchi bo‘lib Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi, tez fursat ichida dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga tarqaldi. 2020 yilning 11 mart kuni, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi COVID-19 koronavirusi xurujini pandemiya, deb e’lon qildi.