Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

DXX tilla buyumlar kontrabandasi faoliyatiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘onada tilla buyumlar kontrabandasi faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 3 fevral kuni Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 1977 yilda tug‘ilgan X.F. va uning jiyani – 1991 yilda tug‘ilgan X.U.lar 466 gramm tilla buyumlarni yashirin yo‘llar orqali Farg‘ona tumanidagi “Vodil” chegara posti orqali O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular mazkur tilla buyumlarini Hindistonda sotmoqchi bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.