Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erdo‘g‘anning advokatlari Gretsiya gazetasini sudga berdi

Rajab Toyib Erdo‘g‘anning advokatlari Turkiya yetakchisini haqoratlovchi sarlavha joylashtirgani uchun Gretsiyaning “Demokratiya” gazetasini sudga berdi. Bu haqda 21 sentyabr kuni Yeni Safak nashri ma’lum qildi.

“Prezidentimizga nisbatan ishlatilgan iboralar axloqsizning eng jirkanch namoyishidir”, deyilgan sudga topshirilgan arizada.

Gretsiyadagi “Demokratiya” gazetasining 18 sentyabr kungi sonida Erdo‘g‘anga yo‘llangan yirik harflar va turk tilida yozilgan haqoratli iboralar chop etildi. Turk tilini tushunmaydigan o‘quvchilar uchun ingliz tilidagi izohlovchi tarjima ham qo‘shimcha qilindi.

Juma kuni haqoratli sarlavha sababli Turkiya tashqi ishlar vazirligiga Gretsiyaning Anqaradagi maxsus va muxtor elchisi Mixail-Xristos Deamessis chaqirtirildi. Elchi haqoratni so‘z erkinligi bilan oqlab bo‘lmasligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petas sarlavhani qat’iy tanqid qildi. U haqoratli iboralar yunon jamiyati qadriyatlariga zid ekanligini ta’kidladi.