Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yerni noqonuniy o‘zlashtirganlarga 60 million so‘m jarima belgilandi

Bo‘limimiz xodimlari tomonidan Yer kodeksi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring-tahlil tadbirlarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Xususan, tumanning O‘ray-Elipok mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaro “Tolib Mamatqul” fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan 75 ball-bonitetli yer maydonining 0,28 gektarini o‘zboshimchalik bilan egallab, uy-joy qurgan. Yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarishi oqibatida davlatga 30 million 868 ming 105 so‘m zarar yetkazgan. 

Shuningdek, tumanning Navzandak mahallasida yashovchi fuqaro Sh.E. “Azizjon Xudoyshukurov bog‘lari” fermer xo‘jaligi tasarrufidagi yer maydonidan 0,11 gektar 75 ball bonitetli yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, uy-joy qurgan va davlatga 29 million 231 ming 160 so‘m zarar yetkazgan.

  Mazkur qonunbuzilish holatlari yuzasidan bo‘limimiz tomonidan Toyloq tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgarlar hisobidan davlat foydasiga 60 million 99 ming 265 so‘m miqdorida yetkazilgan zarar hamda 2 million 403 ming 970 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

Furqat Umirov,

“O‘zagroinspeksiya”ning Toyloq tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.