Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi, bir kishi kuyish jarohatini oldi

Kecha, 18 iyul kuni soat 16:59 da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani G‘ayrat MFY hududida joylashgan “Gas Refueling” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari 7 daqiqada yetib borgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida shoxobchaning 3-kalonkasi, “Umid-1” xususiy korxonasiga tegishli “Cobalt” rusumli avtomobili to‘liq yongan hamda shoxobchaning 8 kv.metr maydonda shift qismi yonib zararlangan.

Bundan tashqari, yong‘inni o‘chirishga uringan shoxobcha ishchisi kuyish tan jarohati olgan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar qildi FVV YoXBB.