Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fuqarolarning 173 million so‘m ish haqlari undirib berildi

Jartepa mahallasida yashovchi Bobur Xamidov mahallasidagi pochta aloqa bo‘limi va aloqa tarmoqlari uzoq yillardan buyon foydalanib kelgan bino noqonuniy hujjatlashtirilganligidan norozilik bildirib bo‘limimizga murojaat qildi. Ushbu murojaatning o‘rganish natijalari bo‘yicha Urgut tumani hokimi nomiga “Aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma tuman hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilib, undagi talablar qanoatlantirildi.

Shuningdek, Oqmachit mahallasida yashovchi Tursuntosh Turonovaning otasiga fuqarolik pasporti, o‘zi va ikki nafar ukasiga tug‘ilganlik guvohnomasi olishga yordam so‘rab murojaat qildi. Natijada tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilib, murojaatchining otasi M.Sharipovga birinchi marta fuqarolik pasporti, o‘zi va ikki nafar ukalariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olib berildi. Ushbu hujjatlar uchun davlat boji to‘lovlari homiylik asosida amalga oshirildi.

Urgut tumani adliya bo‘limi shu kabi aholi murojaatlari yechimi, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada sudlarga fuqarolarning ololmay kelayotgan ish haqlarini undirib berish bo‘yicha 34 ta da’vo arizalari kiritilib, ularning 173 million so‘m ish haqlari undirib berildi. Qonunga zid ravishda vazifasidan ozod qilingan ikki nafar fuqaro o‘z ishiga qayta tiklandi.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan mehnat shartnomalari bekor qilingan 89 nafar fuqaroga 96 million 976 ming 278 so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirilib berildi.

Shuhrat AHMEDOV,

Urgut tumani adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.