Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbol muxlislari o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘yicha ish sudga oshirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan, O‘zbekistondagi “Jizzax bars” hamda “Zafar” futbol klublari muxlislari o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘yicha ish sudga oshirildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 29 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasidagi mushtlashuvga oid videotasvirlar tarqalgan.

Janjal hakamning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan Zafarobod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan muxlis P.Yu. hamda 1990 yilda tug‘ilgan E.J. tomonidan yuz bergan. Futbol shinavandalari tomoshabinlar sektoridan futbol maydoniga tushib, hakamni haqorat qilishgan. Oqibatda hakamlar va tomoshabinlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Hodisa ichki ishlar va yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan tezlikda bartaraf qilingan. Janjalda hech kimga jarohat yetmaganligi aytilmoqda.

Ammo huquqbuzarlarga nisbatan MJTKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun ish ma’muriy ishlar bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.