Kuz-qish mavsumida Samarqand tumani aholisiga 1490 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berish rejalashtirilgan

Bugungi kunda Samarqand tumanidagi 19 ming 885 ta xonadon tabiiy gaz, 29 ming 217 ta xonadon suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida barcha yer usti gaz quvurlarining 8,5 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borildi. 4 ta gaz taqsimlash qutilari mukammal ta’mirlandi, 73,3 kilometr gaz quvurlari havo bosimi ostida tozalandi.
Pulimug‘ob, Chumchuqli va Badal mahallalari hududidagi 6 ming metr tabiiy gaz quvurlari yer ostiga tushirildi. Tabiiy gaz tanqisligi tufayli gaz yetib bormaydigan mahallalar ro‘yxati shakllantirilib, ulardagi xonadonlar imtiyozli narxlarda, tasdiqlangan jadvallar asosida suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanmoqda.
Hozirda tuman aholi uchun 570 dona maishiy gaz ballonlariga ehtiyoj mavjud. Kuz-qish mavsumida 1490 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha 884 dona maishiy gaz ballonlari aholiga yetkazib berildi. Beshta gaz ballonlari tashiydigan maxsus “Isuzu” rusumli avtomashinalar aholiga beminnat xizmat ko‘rsatmoqda.
Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati.