Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gitlerning ota-onasi haqiqatan qarindosh edimi? Uning tarbiyasida onasining roli qanday bo‘lgan?

Adolf Gitler hayoti xaqida juda ko‘p yozilgan. Biroq bo‘lajak fyurerni dunyoga keltirgan ayol, har doim parda ortida qolib kelgan. Tarixchilar Klara Pelsl haqida odatda yuzaki to‘xtalib o‘tishadi. Shu bilan birga, Aleksandr Klinge o‘zining “Gitler haqidagi 10 afsona” kitobida keltirishicha, diktator onasining taqdirini o‘rganish, nega Gitler oilasi tarixini puxtalik bilan yashirganligini sababini tushinishga yordam beradi.  

Klara Pelsl Avstriya imperiyasida 1860 yil dunyoga kelgan. Klaradan tashqari oilada yana 10 nafar farzand bor edi. Biroq balog‘at yoshigacha uning ikki nafar opasi omon qolishdi xolos. Er-xotin Pelsllar oddiy dehqon edilar, shu sababli atiga 15 yoshli Klara boy amakisi Alois Gitler yoniga ishga kiradi. O‘sha vaqtda Alois badavlat xonimga uylangan edi. Xonim xasta bo‘lib qolgandan keyin, Aloisga uy ishlariga yordamchi kerak bo‘ladi. Tez orada Anna (Aloisning rafiqasi) vafot etadi, Alois yangi nikoh quradi. Biroq uning ikkinchi rafiqasi ham vafot etadi. Ikkinchi xotinining vafotidan keyin keksayib qolgan Alois yosh jiyani Klaraga uylanish xohishini bildiradi. Mohiyatan katolik cherkovi bu nikohni yoqlamagan bo‘lishi kerak edi, chunki Alois Gitler va Klara juda yaqin qarindosh edilar. Shunga qaramasdan Alois Gitler Linsdagi yepiskop ordeniga (ruhoniylar oliy unvoni), Klaraga uylanishga ruxsat berishlarini yalinib so‘rab iltimosnoma yozadi. Qizig‘i, Klaraning o‘zi bu jarayonda bevosida faol ishtirok etadi.  Tarixchi va yozuvchi Erix Shaakening ta’kidlashicha, Klara Pelsl cherkov a’zolariga Alois Gitlerning qarindoshi emasligini, chunki Aloisning haqiqiy otasi kim ekanligi aniq emasligini ma’lum qiladi. Birinchi marotaba oshiq–ma’shuqlarga rad javobi beriladi. Ammo Alois taslim bo‘lmaydi va arizani yuqoriroqqa  yuboradi. Oxir oqibat “ha” javobi to‘g‘ridan to‘g‘ri  Rimdan keladi. 1885 – yilda Klara Pelsl va Alois Gitler nikohdan o‘tishadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, hatto rasmiy nikohdan keyin ham Klara Aloisni  “amaki” deb chaqirardi. To‘y jarayoni vaqtida Klara birinchi farzandiga homilador edi, o‘sha 85 yilning o‘zida u Gustavni dunyoga keltirdi. Gustavdan so‘ng Ida va Otto tug‘ildi. Lekin ularning barchasi maktab yoshiga yetmasdan vafot etishdi. Adolf Gitlerlar oilasida to‘rtinchi farzand bo‘lib dunyoga keladi.

Aksariyat tadqiqotchilar, shu qatorda ruhshunos Erix Fromm, Klarani ideal rafiqa, ona hatto o‘gay ona sifatida tasvirlashadi. U nafaqat o‘zining farzandlari Adolf va singlisi Paulani, balki Aloisning oldingi nikohidan bo‘lgan farzandlarini ham tarbiya qilgan. Biroq yozuvchi va ruhshunos Alis Miller Adolf Gitlerning onasini ideallashtirilishiga qarshi fikr bildirdi. Millerning ta’kidlashicha, farzand vahshiy bo‘lib yetishishida, onaning ham aybi bor. Alis Millerning fikricha, Klara Aloisni nafaqat o‘ziga nisbatan, balki farzandlariga nisbatan ham qilgan zo‘ravonliklari, kaltaklashlari, xo‘rlashlarini kechirgan. Shunga qaramasdan Gitlerni onasiga nisbatan bo‘lgan samimiy mehrini va sevgisini deyarli hech kim inkor qilmaydi. Olga Greyg‘ o‘zining “Fyurerning ayoli” kitobida onasining vafoti Adolf uchun haqiqiy fojia bo‘lganini yozadi. Gitlerning onasi 47 yoshida onkologik xastalik tufayli vafot etadi. Gitler onasining tashxisini bilgan zahoti, onasini yoniga yetib keladi va uni so‘nggi soniyalarigacha yonida bo‘ladi. Izohli holat shuki, Klara Gitlerni davolagan vrach Eduard Blox, yahudiy millatiga mansub edi. Bloxni Gitler haqida hurmat bilan fikr bildirganligi, men hali onasini o‘limini bunchalik og‘ir qabul qilgan insonni ko‘rmaganman, deganiga qaramasdan, balki aynan o‘sha fojeada Gitlerda antisemitizm qarashlar nish o‘rgani yashiringandir. Har nima bo‘lganda ham “Gitler” kitobining muallifi  Marlis Shtayner mazkur taxminni eng ommalashgan taxminlardan biri sifatida keltiradi.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.

 (“Russkaya Semerka”dan tarjima qilindi.)