Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindiston turizm gidlari federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga keldi

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Hindiston turizm gidlari federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.

Mehmonlar dastlab, Registon ansambliga tashrif buyurishdi. Ularga Registon maydonidagi bir necha asrlik obidalarning yaratilish tarixi, ularni bezavol saqlash hamda asrab-avaylash borasidagi ishlar xususida ma’lumot berildi.

Samarqandga tashrif davomida mehmonlar Amir Temur, Xo‘ja Doniyor maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hamda boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarni ham ziyorat qiladi.