Hindistonda chaqmoq urgan 9 kishi halok bo‘ldi
- 13.09.2019 14:50
- 79
- Xorij

Bugun, 13 sentyabr kuni Hindistonning Jarxand shtati, Garxva viloyatida chaqnagan chaqmoq 9 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “Hindustan Times” nashri.
Shtat hukumati halok bo‘lganlarning oilalariga moliyaviy yordam berish, jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida ham chaqmoq urishi oqibatida Jarxand shtatida 12 nafar, qo‘shni Bixar shtatida 39 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qurt tushgan olma hikmati
- Kecha, 21:43
- Mutolaa
Uyda hashamat muhimmi yoki qulaylik?
- Kecha, 18:41
- Jamiyat