Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIB xodimlari o‘qituvchini qiynab, bir oyoqda turishga majbur qilishdi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Farg‘onalik o‘qituvchi: IIB xodimlari meni kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi» sarlavhali xabar yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur xabar o‘rganilganda haqiqatdan ham joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabida kompyuter o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq holat sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek, IIO xodimlari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Jo‘rayevni qiynoqqa solganlik bilan bog‘liq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.