Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki kunda 10 nafar shaxs is gazidan zaharlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov is gazidan zaharlanish yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil 9 noyabr kuni soat 07:30 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bog‘dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 2019 yil 10 noyabr kuni soat 13:00 larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro Ye.A.  va uning turmush o‘rtog‘i qo‘lbola usulda yasalgan isitish qozini o‘chog‘iga ulangan tabiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar.

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar teshkiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.