Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Inson miyasi haqida nimalarni bilasiz?

Dunyodagi mashhur tibbiyot olimlari ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida insonning muhim a’zosi bo‘lgan miya haqida quyidagi qiziqarli ma’lumotlarni aniqlashdi:

► Har safar biror nimani eslab qolganingizda, miyada yangi neyron aloqalari shakllanadi.
► Kishi uyg‘ongach, uning miyasi uncha katta bo‘lmagan lampochka ishlashi uchun yetarli bo‘lgan energiyani ishlab chiqaradi.
► Inson miyasi 50 yoshgacha shakllanadi.
► Alkogol tufayli miya vaqtinchalik eslab qolish qobiliyatini yo‘qotadi.
► Inson tug‘ilganda asab hujayralari ulg‘aygan davriga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi.
► Bosh miyaning faqatgina o‘ng yoki chap taraf pallasi ishlashi haqidagi gaplarning barchasi uydirma. Aslida, ular o‘zaro ma’lumot almashgan holda ishlaydi.

► Oiladagi shafqatsizlik bolaning miyasiga qattiq salbiy ta’sir qiladi.
► Shokolad hidi teta-ritmni ishlab chiqarishni faollashtiradi. Bu esa insonni tinchlantirib, bo‘shashtiradi.
► Uyali telefonda uzoq vaqt suhbatlashish bosh miyada o‘simta paydo bo‘lish xavfini yuzaga keltiradi.
► Yosh bolalar miyasi organizmdagi glyukozaning 50 foizini sarflaydi. Shu bois ularga ko‘p uyqu zarur.
► Kutilmagan yangilik orqali miyaning tuzilishi o‘zgaradi.
► Me’yordan kam uxlash miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
► Inson miyasi 100 milliard neyronlardan va trillion hujayralardan tashkil topgan.
► Unutish – miya uchun foydali.

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.